Katta marketing tadqiqotchisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Uzum Avto ilovasini ishlab chiqishning to‘liq siklini tadqiqotlar bilan qo‘llab-quvvatlash: discovery tadqiqotlaridan boshlab tayyor interfeyslarning yuzabiliti testigacha;
  • Avtomobil xaridorlari va sotuvchilarining ehtiyojlari hamda muammolarini aniqlash uchun sifat tadqiqotlarini (chuqur intervyular, qaror qabul qilish intervyulari, etnografik tadqiqotlar) o‘tkazish;
  • Miqdoriy tadqiqotlarni (so‘rovnomalar, bozor sig‘imini baholash, segmentatsiya, narx sezgirligi tahlili) tashkil etish va o‘tkazish;
  • Avtomobil tanlash va kredit mablag‘larini olish jarayonining CJM (Customer Journey Map) va UX testlarini o‘tkazish;
  • AutoTech va FinTech sohasidagi raqobatchilar (ham MDH bozorida, ham global benchmarklar) va tendentsiyalarni tahlil qilish;
  • Ma’lumotlarni sintez qilish va insaytlarni manfaatdor tomonlarga taqdim etish, tadqiqot natijalarini aniq mahsulot va marketing qadamlariga aylantirish.

Biz uchun muhim:

  • Mahsulot yoki marketing tadqiqotlari yo‘nalishida kamida 3 yillik tajriba (Senior darajasi);
  • Turli tadqiqot metodlarini qo‘llash tajribasi: sifat tadqiqotlari (CustDev, JTBD), miqdoriy va UX tadqiqotlari;
  • Biznes vazifasiga mos tadqiqotni mustaqil loyihalash, to‘g‘ri metodni tanlash va natijalarni jamoa oldida himoya qila olish;
  • Toshkentdagi ofisda gibrid yoki oflayn formatda ishlashga tayyorlik (MDH davlatlaridan relokatsiyaga tayyor nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi);
  • Yuqori darajadagi mustaqillik va proaktivlik, noaniqlik sharoitida hamda mahsulotni noldan ishga tushirish jarayonida ishlay olish;
  • FinTech (ayniqsa kreditlash) yoki avtomobil sanoati (AutoTech, classified) bo‘yicha tajriba;
  • Markaziy Osiyo bozori xususiyatlarini tushunish (majburiy emas, ammo ustunlik bo‘ladi);
  • Sifat ma’lumotlarini miqdoriy tahlillar bilan boyitish uchun analitik vositalar (masalan, boshlang‘ich darajadagi SQL yoki Python) bilan ishlash ko‘nikmalari.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi qulay ofis;
  • Gibrid ish formati;
  • Tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor kuchli jamoa;
  • Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada yirik loyihalar;
  • Zamonaviy va qulay ofis;
  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish va ta’tilga qo‘shimcha 3 kunlik haq to‘lanadigan ta’til.

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz



✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Avto Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab