Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
- Muntazam BHT va CSAT/NPS o‘lchovlarini olib borish; ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish, ularni talqin qilish hamda mahsulotdagi o‘zgarishlarga mos ravishda metodologiyani takomillashtirish;
- Avtomobil xaridorlari va sotuvchilarining ehtiyojlari hamda muammolarini aniqlash uchun sifat tadqiqotlarini (chuqur intervyular, qaror qabul qilish intervyulari, etnografik tadqiqotlar) o‘tkazish;
- Analitik ma’lumotlar bilan ishlash, gipotezalarni shakllantirish va jamoaga yangi mahsulotlar yaratish hamda mavjud mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarni topishda yordam berish;
- Jamoa ehtiyojlariga qarab ad-hoc tadqiqotlar o‘tkazish: concept test, narx tadqiqotlari, CJMni o‘rganish va boshqalar;
- MDH bozori va global benchmarklar bo‘yicha raqobatchilarni hamda AutoTech va FinTech yo‘nalishidagi trendlarni tahlil qilish.
Biz uchun muhim:
- Muntazam BHT va CSAT/NPS o‘lchovlarini olib borish tajribasi; ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish, ularni talqin qilish hamda metodologiyani takomillashtirish;
- Sifat tadqiqotlarini (chuqur intervyular, qaror qabul qilish intervyulari, etnografik tadqiqotlar) o‘tkazish ko‘nikmasi;
- Analitik ma’lumotlar bilan ishlash, gipotezalarni shakllantirish va mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar taklif qila olish;
- Jamoa ehtiyojlariga qarab ad-hoc tadqiqotlar o‘tkazish: concept test, narx tadqiqotlari, CJMni o‘rganish va boshqalar;
- AutoTech va FinTech yo‘nalishidagi raqobatchilar hamda bozor trendlarini tahlil qila olish;Rus va o‘zbek tillarini bilish majburiy;
- Mahsulot yoki marketing tadqiqotlari bo‘yicha tajriba ustunlik bo‘ladi;
- Sifat ma’lumotlarini miqdoriy ma’lumotlar bilan boyitish uchun analitik vositalar (masalan, boshlang‘ich darajadagi SQL yoki Python) bilan ishlash ko‘nikmalari ustunlik bo‘ladi.
Biz nima taklif qilamiz:
- Millionlab foydalanuvchilarga ega yirik FinTech mahsulot platformasini yaratishda ishtirok etish imkoniyati;
- Ish jarayonlarida moslashuvchan yondashuv va yangi g‘oyalarga ochiqlik;
- Xalqaro jamoada, dinamik va ambitsiyali FinTech muhitida ishlash;
- Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi kundanoq rasmiy ishga joylashish;
- Keng ko‘lamli o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;
- Byurokratiyaning yo‘qligi;Ish shakli - Toshkent markazidagi qulay ofis;
- Yoqimli bonus - joylashuvingizga moslashtirilgan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.
Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:
- Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi
IT sanoatini rivojlantiramiz:
- Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.
Tez o‘sish:
- Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar
Zamonaviy texnika:
- Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz