Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
- Mahsulot uchun UX matnlarini yaratish (formalar, onboarding, xatoliklar, maslahatlar va bildirishnomalar);
- CRM kommunikatsiyalari, lending sahifalari va marketing kampaniyalari uchun matnlar yozish;
- Mahsulot relizlari va yangi fichalar uchun matnlar tayyorlash;
- Brendning tone of voice uslubi va mahsulot tilini rivojlantirish;
- Mahsulot jamoalari, dizaynerlar va marketologlar bilan hamkorlik qilish;
- Kontent va kommunikatsiyalar orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash.
Biz uchun muhim:
- Mahsulot kompaniyalarida kamida 3 yillik tajriba, IT mahsulotlarida ishlagan bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- Mahsulot kopiraytingi bo‘yicha kuchli ko‘nikmalar;
- Qisqa, tushunarli va foydalanuvchi ssenariylariga mos matnlar yoza olish;
- Mahsulot metrikalari va foydalanuvchi flowlarini tushunish;
- Mahsulot va marketing keyslari jamlangan portfolio mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- Rus tilini yuqori darajada bilish.
Biz nima taklif qilamiz:
- Masofaviy, ofis yoki gibrid formatda ishlash imkoniyati;
- Ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha;
- Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi kundanoq rasmiy ishga joylashish;
- Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya;
- Ish jarayonlarida moslashuvchan yondashuv va yangi g‘oyalarga ochiqlik;
- Yoqimli bonus - joylashuvingizga moslashtirilgan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.
Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:
- Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi
IT sanoatini rivojlantiramiz:
- Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.
Tez o‘sish:
- Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar
Zamonaviy texnika:
- Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz