Bankomatlar inkassatori (Samarqand hududi)

Doimiy Ish
📍 Samarqand 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa xizmatlarni rivojlantirayotgan O‘zbekistondagi noyob raqamli ekotizimdir.

Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniya va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi. Hozirda Uzum Fintech millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Belgilangan tartib asosida bankdan naqd pul olish;
  • ATM kassetalarini yuklash va plombalash;
  • Belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha chiqish va bankomatlardagi kassetalarni almashtirish;
  • Bo‘sh kassetalar va pul qoldiqlarini bankka qaytarish;
  • Plombalar, hujjatlar va tasdiqlovchi ma’lumotlarni nazorat qilish;
  • Xavfsizlik talablari va ichki yo‘riqnomalarga rioya qilish;
  • Haydovchi va IIV kuzatuvchi xodimi bilan bir jamoada ishlash.

Biz uchun muhim:

  • Yuqori jismoniy yuklama sharoitlarida ishlashga tayyorlik va umumiy jismoniy chidamlilikning yuqori darajasi;
  • Intizomlilik, detallarga e’tibor, yuqori mas’uliyat va kompaniya reglamentlari, yo‘riqnomalari hamda standartlariga muvofiq ishlash qobiliyati;
  • Yuqori ish sur’atida ham aniqlik, samaradorlik va xotirjamlikni saqlay olish;
  • O‘zbek va rus tillarini bilish.

Biz nima taklif qilamiz:

  • 5/2 ish grafigi;
  • Xizmat safarlari bilan bog‘liq ish, xizmat avtomobili taqdim etiladi;
  • Dastlab Toshkentda stajirovka o‘tashga tayyor bo‘lish, keyinchalik asosiy ish joyi Samarqand shahrida bo‘ladi;
  • Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz





✅ Talablar

Yo'nalish: Xavfsizlik va infratuzilma Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab