Key Account Manager Uzum Nasiya

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.

Vazifalar:

  • Nasiya (bo‘lib to‘lanadigan tovarlar) sohasida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish va kengaytirish
  • Asosiy hamkorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
  • Ulangan savdo nuqtalarining aylanmasi va samaradorligini oshirish;
  • Hamkorlarni rivojlantirish va o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash;
  • Biznes egalari va kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar olib borish;
  • Hamkorlar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va savdoni oshirish bo‘yicha yechimlarni joriy etish;
  • Yangi hamkorlarni ishga tushirish va ularni rivojlanish bosqichida qo‘llab-quvvatlash;
  • Hamkorlar tomonidan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Hamkorlar portfelini rivojlantirish bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:

  • KAM, Partner Manager yoki Business Development Manager lavozimida kamida 1–2 yillik tajriba;
  • Nasiya, BNPL, muddatli to‘lov yoki FinTech sohasida ishlash tajribasi majburiy;
  • Muzokaralar olib borish va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha kuchli ko‘nikmalar;
  • Hamkorlar tarmog‘i orqali savdoni oshirish tajribasi;Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Asosiy mijozlar bilan ishlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qobiliyati.

Biz nima taklif qilamiz:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga joylashish;
  • To‘langan sinov muddati - uch oy;
  • Oyiga ikki marta maosh;Ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Toshkent markazidagi qulay ofis;Jamoada karyera qurish imkoniyati;
  • Erkin va ochiq korporativ madaniyat;
  • Asos- zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati;
  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz






✅ Talablar

Yo'nalish: Savdo va kategoriya boshqaruvi Bo'lim: Uzum Nasiya Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab