B2B Marketing Manager

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Biz kimni qidirmoqdamiz:

Biz Uzum Market jamoasiga B2B Funnel Manager qidirmoqdamiz. Ushbu lavozim sellerlar va franchayzilarni jalb qilish voronkalarini rivojlantirish va boshqarish uchun mas’ul. Asosiy vazifa — ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘sish nuqtalarini aniqlash hamda konversiya va lidlar sifatini oshiruvchi tashabbuslarni amalga oshirish.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Sellerlar va franchayzilarni jalb qilish bo‘yicha B2B voronkalarini foydalanuvchi yo‘lining barcha bosqichlarida boshqarish;

  • Lidlar sifati, bosqichlar orasidagi konversiyalar va yo‘qotishlar sabablarini tahlil qilish;

  • Voronkalardagi muammoli nuqtalarni aniqlash va asosiy metrikalarni yaxshilash bo‘yicha gipotezalarni ishlab chiqish;

  • Marketing, operatsiyalar, mahsulot va savdo jamoalari bilan birgalikda konversiyani oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash;

  • Jalb qilishning yangi kanallarini sinovdan o‘tkazish: digital, hamkorliklar, tadbirlar, offline faolliklar va boshqa lid manbalari;

  • CRM bilan ishlash hamda tahlil va qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash;

  • Lidlarni segmentatsiya qilish va ular bilan keyingi kommunikatsiya yondashuvlarini ishlab chiqish;

  • Kanallar, voronkalar va amalga oshirilgan tashabbuslar samaradorligi bo‘yicha muntazam hisobotlar tayyorlash;

  • Kross-funksional loyihalarni muvofiqlashtirish va ularni g‘oyadan natijagacha boshqarish;

  • Sellerlar va franchayzilarni jalb qilish samaradorligini monitoring qilishning shaffof tizimini yaratish.


Biz uchun muhim:

  • Growth Marketing, CRM Marketing, Marketing Operations, Product Marketing yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlarda kamida 2 yillik tajriba;

  • Marketing yoki tijorat voronkalarini boshqarish tajribasi;

  • Lid generatsiyasi, konversiyalar va jalb qilish kanallari samaradorligini baholash tamoyillarini tushunish;

  • Ma’lumotlarni tahlil qilish, muammolar sabablarini aniqlash va raqamlarga asoslangan qarorlar qabul qilish ko‘nikmasi;

  • CRM tizimlari va marketing analitikasi bilan ishlash tajribasi;

  • Loyihalarni mustaqil boshqarish va tashabbuslarni kross-funksional hamkorlik orqali amalga oshirish tajribasi;

  • Hisobotlar, dashboardlar tayyorlash va natijalarni steykholderlarga taqdim etish ko‘nikmasi;

  • Kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari va turli jamoalar bilan samarali hamkorlik qila olish;

  • Proaktivlik, tizimli yondashuv va yuqori darajadagi mustaqillik;

  • Noaniqlik sharoitida ishlash va yangi yo‘nalishlarni tez o‘zlashtirish qobiliyati.


Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • E-commerce, marketplace, fintech, telecom yoki digital mahsulotlarda ishlash tajribasi;

  • B2B auditoriyasi bilan ishlash tajribasi;

  • Performance marketing, CRM kommunikatsiyalari va digital jalb qilish kanallarini tushunish;

  • BI vositalari (Power BI, Tableau, Looker Studio va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;

  • A/B testlar o‘tkazish va ularning samaradorligini baholash tajribasi;

  • SQL bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • Yangi marketing kanallari va growth tashabbuslarini ishga tushirish tajribasi.


Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi qulay ofis;

  • Karyeraviy o‘sish — biz haqiqatan ham cheksiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz;

  • Raqobatbardosh maosh — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;

  • Noyob korporativ madaniyat — startap ruhini saqlab qolgan holda yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Yoqimli bonus — lokatsiyangizga bog‘langan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkor kompaniyalardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab