Ijara munosabatlarini boshqarish bo‘limi rahbari

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Biz kimni qidirmoqdamiz:

Buyurtmalarni topshirish punktlari uchun ijaraga olingan obyektlar bo‘yicha ijaraga beruvchilar bilan ishlashni boshqaradigan tajribali rahbarni.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Ijara munosabatlarini yuritish bo‘yicha menejerlar jamoasini boshqarish;

  • Asosiy ijaraga beruvchilar bilan ijara shartnomalarini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish;

  • Ijaraga beruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;

  • Kommunal to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Ijara xarajatlari budjetiga rioya etilishini nazorat qilish.

Biz uchun muhim:

  • Tijorat ko‘chmas mulkini boshqarish yoki B2B savdo yo‘nalishida ish tajribasi;

  • Kuchli muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olish;

  • Hamkor ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos yechimlarni taklif qila olish;

  • Mustaqillik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;

  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Yirik chakana savdo tarmoqlarida ishlash tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Top kompaniyalar darajasidagi raqobatbardosh maosh;

  • Karyeraviy o‘sish — cheksiz rivojlanish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.



✅ Talablar

Yo'nalish: Savdo va kategoriya boshqaruvi Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab