логопед

Doimiy Ish
📍 Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 💰 3 731 656 so'm 👁️ 9 ko'rish 📅 14.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Guliston shahar tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Кўп тармоқли марказий поликлиника Vazifalar: Kasbiy ko‘nikmalar: Nutq va til buzilishlarini baholash va aniqlash. Yutish va ovoz buzilishlarini tuzatish bo‘yicha mashqlar tuzish. Reabilitatsiya va profilaktika dasturlarini ishlab chiqish. Shaxsiy sifatlar: sabr-toqat, aniq va ravon muloqot, bolalar va kattalar bilan ishlashga moslashuvchanlik. Ish sharoitlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma ish kuni. Ish vaqti 8:00-16:00 gacha. Dam olish kunlari Shanba va Yakshanba

✅ Talablar

Oliy malumotli Diagnostik usullar Nutq tovushlarini tekshirish (artikulyatsion apparat holati). Til, so‘z boyligi va grammatik tuzilmani baholash. Yutish testlari (ovqat va suyuqlik bilan). Ovoz kuchi va tembrini o‘lchash. b) Terapiya usullari Artikulyatsion gimnastika — tovush apparatini mustahkamlash mashqlari. Logopedik massaj — til, lab, yonoq mushaklarini faollashtirish. Nafas mashqlari — nutq paytida nafasni to‘g‘ri boshqarish. Fonopedik mashqlar — ovoz kuchi va tembrini yaxshilash. Yutish terapiyasi — ovqat va suyuqliklarni xavfsiz yutish usullari. Kommunikativ trening — bemorni muloqotda faol bo‘lishga o‘rgatish. c) Profilaktika usullari Nutq buzilishlari xavfi yuqori bo‘lgan bolalarda erta rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar. Ovoz gigiyenasi va nutq apparatini asrash bo‘yicha tavsiyalar.

📎 Manba